Image

KITOB TAVSIYASI | “MUHABBAT”

Ba’zan bir kitobni o‘qish uchun ko‘p so‘z kerak emas — uning sahifalaridagi insoniy tuyg‘ularning o‘zi kifoya.
Abdulla Qahhorning “Muhabbat” asarida sevgi, inson qalbidagi kechinmalar, hayot sinovlari va insoniy munosabatlar nozik tasvirlangan. Asar orqali yozuvchining inson ruhiyatini chuqur anglash va oddiy hayotiy voqealardan katta ma’no topish mahoratini his qilish mumkin.
 “Muhabbat” — qalbga yaqin, o‘ylantiradigan va his qilishga undaydigan asar. Siz ham ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz, Samarqand tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyuring!
Kuzning sokin kunlarida yaxshi kitob bilan suhbatlashishning o‘zi bir zavq.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer