Image

RAQAMLI ASRDA MUALLIFLIK HUQUQI

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash xizmati tomonidan Zoom platformasi orqali “Raqamli asrda mualliflik huquqi: kutubxonalar uchun huquqiy xavfsizlik va ochiq ma’lumotlar manbalari bilan ishlash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Xizmat rahbari Saidolim Olimov olib borgan seminar-treningda Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etdilar.Mashg‘ulot davomida kutubxonalarda mualliflik huquqiga rioya qilish, raqamli resurslardan qonuniy foydalanish hamda ochiq ma’lumotlar manbalari bilan ishlashning huquqiy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer