Image

“Adabiyotimizning zabardast adibi”

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qahhor tavalludining 119 yilligiga bag‘ishlab “Adabiyotimizning zabardast adibi” nomli ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada adibning hayoti va ijodi, bebaho asarlari hamda o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi aks ettirildi. 
Adibning boy ijodiy merosi yosh avlodni kitobga, mutolaaga va adabiyotga mehr ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi
Kitobxonlar Abdulla Qahhorning “Sarob”, “Anor”, “Muhabbat”, “Bemor” kabi mashhur asarlari bilan yaqindan tanishdilar.
Abdulla Qahhor ijodi — milliy adabiyotimizning bebaho xazinasi!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer