- Admin
- 16.09.2026
- 110
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida ekskursiya
Bugun Samarqand tumanida joylashgan 38-sonli IDUM maktabining o‘quvchi qizlari Samarqand tuman axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashrifi bilan kelishdi.
Ekskursiya davomida o‘quvchi qizlarga kutubxonaning faoliyati, mavjud adabiyotlar, kitob fondi hamda foydalanuvchilarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.Tashrifni Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari olib borib, o‘quvchilarni kutubxona bo‘limlari bilan yaqindan tanishtirdilar.
Bunday ekskursiyalar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va kutubxonadan samarali foydalanishga undashda muhim ahamiyatga ega.