- Admin
- 17.09.2026
- 110
O‘quvchi yoshlar bilan davra suhbati
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Abdulla Qahhor tavalludining 119 yilligi munosabati bilan o‘quvchi yoshlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida adibning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlarining mazmun-mohiyati hamda o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Yoshlar Abdulla Qahhor asarlaridan parchalar o‘qib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Kitob va adabiyotga mehr — ma’naviy kamolot sari yo‘l!