Image

Ustoz — qalblarga ilm va ziyo ulashuvchi buyuk siymo

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida ustoz va murabbiylarning sharafli mehnatiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. 
Ko‘rgazmadan pedagogika, ta’lim-tarbiya oid adabiyotlar o‘rin oldi.Ustoz — inson qalbiga ilm urug‘ini qadab, uni ezgulik va ma’rifat sari yetaklaydigan buyuk kasb egasidir. Ularning bergan bilimi, bergan tarbiyasi va ezgu saboqlari avlodlar qalbida hamisha yashaydi
 Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
stozga hurmat — ilmga hurmat, ilmga hurmat esa kelajakka hurmatdir!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer