Image

Bugun kutubxonada...

Kutubxona eshigidan kirgan mehmonni avvalo kitoblar, sokin muhit va mutolaa nafasi qarshi oldi. 
Bugun Samarqand tuman axborot -kutubxona markazida o'quvchilar uchun qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida ular kutubxonaning turli bo‘limlari bilan tanishib, kitoblar olamiga sayohat qildilar.
 Yangi adabiyotlar bilan tanishish,
 kerakli kitobni izlash,
kitob fondi bilan yaqindan tanishish, ekskursiyaning eng qiziqarli lahzalariga aylandi.
Ba’zan bitta kitob insonni butunlay boshqa olamga olib kiradi. Bugungi tashrif esa ana shu olamga qo‘yilgan kichik, ammo mazmunli qadam bo‘ldi.
Kitobni izlagan inson — bilimni izlaydi
Kutubxonaga kelgan inson esa o‘ziga yangi bir olam ochadi

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer