Image

Kutubxona — bilim va ma’rifat maskani

Bugun Samarqand tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi FVB xodimlari uchun Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida mehmonlar kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, zamonaviy axborot-resurslari hamda kitobxonlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar namoyish etilib, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish borasida fikr almashildi.
Bunday tashriflar turli soha vakillarini kitob va kutubxona bilan yanada yaqinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kitob bilan uchrashuv — tafakkur bilan uchrashuvdir!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer