Image

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari uchun kitobxonlik targ‘iboti

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari uchun “Yangi adabiyotlar va davriy nashrlar” mavzusida bibliografik sharh tashkil etildi.
 Sharh davomida axborot-kutubxona markazi fondiga yangi kelib tushgan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop hamda kasbiy yo‘nalishdagi adabiyotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
 Shuningdek, markazga kelib tushayotgan gazeta va jurnallarda chop etilgan dolzarb maqolalar, jamiyat hayotidagi muhim yangiliklar, ma’naviyat, ta’lim, madaniyat va kasbiy faoliyatga oid materiallar kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Tadbir davomida kitob mutolaasi insonning bilim va dunyoqarashini kengaytirishi, kasbiy mahoratini oshirishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
 

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer