Image

KITOB TAVSIYASI

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi kitobxonlarga o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi Abdulhamid Cho‘lpon ijodiga mansub ikki sara asarni tavsiya etadi.
 “Kecha va kunduz” — inson taqdiri, muhabbat, orzu-umid va jamiyat hayotidagi murakkab jarayonlarni chuqur aks ettirgan bebaho roman.
 “Qor qo‘ynida lola” — Cho‘lpon ijodining nozik va ta’sirchan namunalaridan biri bo‘lib, unda inson qalbi, tuyg‘ular va hayot haqiqatlari o‘ziga xos badiiy mahorat bilan tasvirlangan.
 Kuz — mutolaa uchun eng go‘zal fasl.
Sokin kunlarda yaxshi kitob mutolaasi qalbga iliqlik, tafakkurga esa yangi fikrlar bag‘ishlaydi.
 Siz ham Cho‘lpon asarlarini mutolaa qiling va o‘zbek adabiyotining betakror olamiga sayohat qiling!
 Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer