- Admin
- 12.10.2026
- 198
Sketchnote
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi aziz kitobxonlarga o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandasi, iste’dodli yozuvchi Odil Yoqubovning “Vido” va “Ulug‘bek xazinasi” asarlarini mutolaa qilishni tavsiya etadi.
“Vido” — inson hayoti, ruhiy kechinmalar, insoniy munosabatlar va hayotiy qadriyatlar haqida mushohada yuritishga undaydigan asar. Yozuvchining mahorati orqali o‘quvchi inson qalbidagi nozik tuyg‘ular va hayot haqiqatlariga yanada teranroq nazar tashlaydi.
“Ulug‘bek xazinasi” — tarixiy mavzudagi mashhur romanlardan biri bo‘lib, unda buyuk olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning murakkab hayoti, ilm-fanga sadoqati hamda ma’rifat yo‘lidagi kurashi yoritiladi. Asar kitobxonni ilmni qadrlashga, tarixni anglashga va ma’naviy merosimiz bilan faxrlanishga chorlaydi.