Image

“UMUMMILLIY DIKTANT”

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ–308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, davlat tilining nufuzini yanada oshirish hamda xodimlarning yozma savodxonligini mustahkamlash maqsadida markaz mutaxassislari o‘rtasida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand tuman Nuroniylar jamg‘armasi mutaxassisi F. Zayniddinova va Samarqand tuman Ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri A. Yunusova hakam sifatida ishtirok etdilar.
 Diktant davomida ishtirokchilarning imlo qoidalariga rioya etishi, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanishi, so‘zlarni bexato yozishi hamda yozma nutq madaniyatiga oid bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
 Mazkur ma’rifiy tashabbus adabiy til me’yorlariga amal qilish mas’uliyatini kuchaytirish va ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer