- Admin
- 14.10.2026
- 330
KITOB MUTOLAASI — TIL BILIMDONLARI UCHUN FOYDALI MANBALAR!
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” — ona tilimizning boyligi, so‘zlarning ma’nosi va qo‘llanish xususiyatlarini chuqurroq anglashga yordam beruvchi muhim manba. Ushbu lug‘at o`zbek tilining go‘zalligi va ifoda imkoniyatlarini o‘rganishda kitobxonlar, talabalar, o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar uchun foydalidir.
Yorqinjon Odilovning “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” — til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchilar uchun qimmatli ilmiy manba. Unda sotsiolingvistika sohasiga oid atamalarni tushunish va ilmiy bilimlarni boyitish imkoniyati mavjud.
Unutmang, tilni anglash — millatni anglashdir! Har bir mutolaa yangi bilim, har bir o‘rganilgan so‘z esa tafakkurimizga qo‘shilgan boylikdir.