Image

ODIL YOQUBOV IJODI — MA’NAVIY MEROSIMIZ

 Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Odil Yoqubov ijodi — ma’naviy merosimiz” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 Odil Yoqubov (1926-yil 20-oktabr — 2009-yil 21-dekabr) o‘zining sermazmun ijodi, hayotiy qahramonlari va chuqur falsafiy mazmunga ega asarlari bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Adibning asarlarida insoniylik, vatanparvarlik, halollik, adolat va ma’naviy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan.
 Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarni adibning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga muhabbat uyg‘otish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
 Buyuk adiblar merosi — avlodlar uchun bebaho ma’naviy xazina!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer