Image

KITOB MUTOLAASI — TILIMIZ BOYLIGI, SO‘ZLAR JILOSI!

 Nizomiddin Mahmudov — “Zarif so‘z ziyorati”
Ushbu asar so‘zning nafisligi, ona tilimizning betakror jozibasi va nutq madaniyatiga e’tibor qaratishga undaydi. Kitob o‘quvchini so‘zlarni o‘rinli qo‘llash, fikrni chiroyli va ravon ifodalash haqida mushohada yuritishga chorlaydi.
“O‘zbek tili omonimlari lug‘ati”-Sh. Rahmatullayev, H. Dadaboyev, Z. Yoquvanova, M. Abdurahmonova, D. Muhammadjayeva va I. O‘razova tomonidan tuzilgan ushbu lug‘at o‘zbek tilidagi shakldosh so‘zlarni o‘rganishda muhim manbadir. Bir xil shaklda yozilib yoki talaffuz qilinib, turli ma’nolarni anglatadigan so‘zlarni chuqurroq anglash til bilimlarini boyitishga yordam beradi.
 

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer