- Admin
- 14.10.2026
- 110
SAMARQAND — GO‘ZAL SHAHRIMSAN!”
18-oktabr — Samarqand shahri kuni munosabati bilan!
Samarqand — qadimiy tarixi, betakror me’moriy obidalari, boy madaniy merosi va go‘zal an’analari bilan dunyoni maftun etgan muqaddas zamin. Buyuk ajdodlarimiz merosi, ilm-fan va ma’rifat beshigi bo‘lgan bu azim shahar har birimiz uchun faxr va iftixor manbaidir.
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 18-oktabr — Samarqand shahri kuni munosabati bilan “Samarqand — go‘zal shahrimsan!” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.Ko‘rgazmadan Samarqandning qadimiy tarixi, tarixiy obidalari, buyuk allomalari, milliy qadriyatlari hamda betakror go‘zalligini aks ettiruvchi kitoblar va adabiyotlar o‘rin oldi.
Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarda ona yurtga muhabbat, tarixiy merosimizga hurmat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Samarqand — tarix nafasi, ma’rifat ziyosi va go‘zallik timsoli!